Maqul kelgan buyumni savatga joylaganingizdan so`ng savat tugmasini bosib savat ichidagi buyumlar sonini, turini tekshirib oling va "Ro`yhatga olish " tugmasini bosing. So`ng ismingiz telefon raqamingiz, buyurtma yetkaziladigan manzilingizni kiriting (Toshkent shahar uchun "YandexGo" bandini yozma ravishda to`ldiring! Viloyat uchun "BTS" bandidan pochta ofisini tanlang!) va "Buyurtmani amalga oshirish" tugmasini bosing. Agar hammasi to`g`ri bo`lsa minnatdorlik oynasi chiqadi. Sizning buyurtmangiz haqida bizga habar keladi va biz siz bilan imkon qadar tezroq bog`lanishga harakat qilamiz va kelishilgan holda buyurtmangizni jo`natib yuboramiz
Toshkent shahar ichida dostavka YandexGo orqalik amalga oshiriladi. Dostavka harajati manzilingiz uzoq yaqinligiga qarab arzon yoki qimmat bo`lishi mumkun. (Yandexgo to`lovi yukni olganda amalga oshiriladi)
Agar YandexGo hizmati qimmatlik qilsa BTS pochta hizmatidan foydalanshingiz mumkun. Pochta orqalik buyurtma Toshkent shahar bo`ylab 1 kun davomida yetib boradi. (Bugun jo`natilsa , ertasi kuniga manzilga yetib boradi) BTS hizmatida to`lov oldindan beriladi.
Viloyatga buyumingizni BTS pochta orqalik jo`natamiz. Jo`natmangiz haqqi uning og`ir yoki yengil bo`lishiga bog`liq. Bir kilogramgacha bo`lgan yuk uchun +- 30.000ming so`m atrofida to`lanadi. (Viloyat va tuman uzoq yaqinligiga qarab ) Viloyat ofislari joylashuvi haqida ma`lumot olish uchun pastdagi "BTS" tugmasini bosing!
To`lov shartlari
Bizda to`lov oldindan qilinadi! Maxsulotni tanlab savatning ichidagi buyumlarni ro`yhatdan o`tkazganingizdan so`ng biz bilan bog`laning yoki o`zimiz sizga imkon qadar tezroq a`loqaga chiqishga harakat qilamiz. Maxsulot bor, yo`qligi tekshirilgandan kegin kelishuv asosida to`lovni Click Payme, Paynet va shu kabi ilovalardan o`tkazib bersangiz bo`ladi va buyumlaringiz "BTS" pochta yoki "YandexGO" hizmatlaridan jo`natib yuboriladi .